Контакты:
(71)236-11-57
(71)232-14-39
» » » TOSHKENTDA “ MEHR OROLNI QUTQARADI ” MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI.

TOSHKENTDA “ MEHR OROLNI QUTQARADI ” MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI.

27 sentabr 2019, Juma
478
0

   Mamlatimizda Orol dengizi muammosi va Orol bo’yi aholisi salomatligi, uning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish borasida qator islohotlar olib borilmoqda.


   Poytaxtdagi “ Yoshlar press-klubi ”da O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi hamkorligida “ Mehr Orolni qutqaradi ” mavzusidagi ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi bo’lim mudiri – Mansur Yunusov, O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisining o’rinbosari – O’ktam O’tayev, O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashiraisi – Yusufjon Shodimetov, BMT Taraqqiyot dasturi Barqaror rivojlanish klasteri raxbari- Xurshid Rustamov va kimyo fanlari doktori Rashid Qulmatovlar  spikersifatida ishtirok etdi.


  Tadbirda “ Orol fojiasi ”ga bag’ishlangan videorolikn amoyish etilib , soha mutahassislarining ma’ruzalari tinglandi. Shuningdek, Orol bo’yi hududlarida saksovul daraxtlarini sifatli ekishni samarali amalga oshirish uchun O’zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashida shtab tashkil etilganligi takidlandi.“ Mehr Orolni qutqaradi ” loyihasi doirasida dengizning qurib qolgan maydonida saksovul ko’chatlari ekish uchun “ Fidoiy yoshlar otryadi ” tuzuldi. Joriy yilningmart oyida Orol bo’yida 5 ming nafardan  ziyod yoshlarni birlashtirib saksovul ekishga jalb qilishb elgilandi.


    “ Orol dengizining qurishi 1960 yillardayoq boshlangan. Yarim asrdan ortiq vaqt ichida dengizning 5.5 million gektar hududi bugun sahro ko’rinishiga kelib qolgan. Buning oqibatida Qoraqalpog’iston Respublikasi aholisini nafas yo’llari va buyrak xastaliklari qiynab kelmoqda ” deydi O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi TAYLQEI “Ekologiya va IyoD ” kafedrasi professori Yusufjon Shodimetov.

скачать dle 12.0
Полезные ссылки