Контакты:
(71)236-11-57
(71)232-14-39
» » » YOSHLAR O‘RTASIDA KOMPYUTER SAVODHONLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN TANLOV O‘TKAZILDI

YOSHLAR O‘RTASIDA KOMPYUTER SAVODHONLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN TANLOV O‘TKAZILDI

28 февраль 2020, Пятница
240
0

Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining “Avtomobil yollarini qidiruv va loyihalash” kafedrasi tomonidan e’lon qilingan “5 ta muhim tashabbus haftaligi” doirasida uchinchi tashabbus “Aholi va yoshlar ortasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish” bo‘yicha 2020 yil 27 fevral kuni institut talabalari ortasida tanlov o‘tkazildi.


Tanlovda institutning barcha kurs va Qo‘shma fakultet (TAYLQEI+BNTU) talabalari faol ishtirok etishdi. Tanlovda talabalarning kursidan kelib chiqqan holda, 3 ta shart asosida Microsoft Office (MS Word, MS Excel, MS Power Point) dasturlari hamda AutoCAD dasturi bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi.

Tanlov yakunida hay’at a’zolari tomonidan kurslar kesimida g‘oliblar aniqlandi. Tanlov talabalarni kompyuter bilan ishlashlarida va bu bilimlarini kelgusida o‘z sohasini yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.

скачать dle 12.0
Полезные ссылки