Контакты:
(71)236-11-57
(71)232-14-39
» » » “Avtomobil yo’llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi va kafedra qoshidagi “Ravon yo’l” to’garagining sayti o’z faoliyatini boshladi.

“Avtomobil yo’llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi va kafedra qoshidagi “Ravon yo’l” to’garagining sayti o’z faoliyatini boshladi.

10 февраль 2020, Понедельник
339
0

Zamonaviy jamiyat uchun axborot eng muhim mahsulotga aylanganligi haqidagi fikrni tez-tez eshitamiz. Jamiyat rivoji ehtiyojlarini qoniqtirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini axborotlashtirish jarayoni uning sifatini ko‘tarishga qaratiladi.
Ta’lim tizimi uchun axborotlashtirish jarayoni - yetuk barkamol shaxslarni jadal rivojlanib borayotgan, axborotlashgan jamiyat sharoitlariga va kelajak hayotga tayyorlash, ta’lim mazmuni, o‘qitish metodlari hamda ta’lim shakllarini o‘zgartirish, o‘sib kelayotgan avlodda o‘z hayotini muvaffaqiyatli va mustaqil qurishda ko‘nikma hamda malakalarini shakllantirishdan iboratdir.

Ushbu oliy maqsadda, hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5849 sonli “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi to’g’risida”gi farmonining “Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish” paragrafining ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 yil 1 fevral kunidan Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti “Avtomobil yo’llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi va kafedra qoshidagi “Ravon yo’l” talabalar to’garagining ravonyol.uz sayti o’z faoliyatini boshladi. “Avtomobil yo’llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi professor-o’qituvchilari ushbu sayt orqali taxsil olayotgan talabalarga o’quv jarayoniga ko’makdosh bo’la oladigan yangiliklar, ma’lumotlar va dolzarb ilovalarni ulashishadi. Shuningdek, talabalar saytda “Elektron kutubxona” sahifasi orqali kafedra fanlari bo’yicha o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, uslubiy ko’rsatmalar, tarqatma materiallar, hamda turli tarbiyaviy badiiy kitoblarni yuklab olishlari mumkin bo’ladi. Sayt orqali talabalar o’z bilimlarini tekshirishlari uchun “Onlayn test nazorati” sahifasi ham mavjud. Sayt mualliflari sahifalarni qiziqarli ma’lumotlar bilan yanada boyitib borishni maqsad qilib qo’yganlar.


Sayt manzili: https://ravonyol.uz/

скачать dle 12.0
Полезные ссылки