Контакты:
(71)236-11-57
(71)232-14-39
» » » Universitet rektorining bayram tabrigi

Universitet rektorining bayram tabrigi

01 oktyabr 2020, Payshanba
137
0

Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Qadrli hamkasblar!

Kasb bayramimiz – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!

O‘qituvchilar mehnati nafaqat muqaddas burch, balki yuksak maqomdir. U barcha kasblar kesishuv nuqtasi, yo‘llarning boshlanishi, talabalarning yashirin imkoniyatlari va muvaffaqiyatlari manbai. Shu tufayli, o‘qituvchilik mas’uliyati ijodkorlik quvonchi va uning natijalari kabi beqiyos.

Toshkent davlat transport universiteti o‘qituvchilari o‘ziga xos vazifa va maqsadlarga ega. Bu maqsadlar sari dadil odimlayotgan, universitet tamal toshini qo‘yishda ishtirok etgan, eng qiyin vaqtlarda ham matonatli mehnati bilan kasbga sadoqat namunasini ko‘rsatgan hamkasblarimga o‘z minnatchiligimni bildiraman!

Ta’lim sifatini eng avvalo o‘qituvchiga bog‘liq. Universitet loyihalar chorrahasida, takomillashib borayotgan onlayn-ta’lim tizimi qarshisida turibdi. Aminmanki, iste’dodli va ta’lim tizimiga innovatsiya olib kiruvchi pedagoglar bizning universitetimiz qadrini yanada mustahkamlaydi.

Aziz hamkasblar, barchangizga mustahkam sog‘liq, tinchlik-xotirjamlik va yangi kasbiy muvaffaqiyatlar tilab qolaman! Bunyodkorlik kayfiyati faoliyatingizda doimiy hamrohingiz bo‘lsin!

Odil Abdurahmanov,
Universitet rektori

скачать dle 12.0
Полезные ссылки