Контакты:
(71)236-11-57
(71)232-14-39
» » » O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM TIZIMINI 2030 YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM TIZIMINI 2030 YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI

12 oktyabr 2019, Shanba
458
0

  Prezidentimiz “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi.

  Farmon bilan Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga quyidagilar amalga oshirilishi belgilandi:

  • oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50%dan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish;
  • O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish;
  • respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan, O‘zMU va SamDUni birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish;
  • oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish;
  • oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;
  • xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga oliy ta’lim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqish;
  • oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko‘rsatkichlari oshishi, shuningdek, respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlash;

  Shuningdek, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi “xab"ga aylantirish ko’zda tutilmoqda.

  Oliy ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘larini keng jalb qilish hisobiga yaxshilanib, ular bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi

Manba: spot.uz
скачать dle 12.0
Полезные ссылки