• RSS

Toshkent avtomobil yo`llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti rasmiy veb sayti

Xisoblagichlar

      Avtomobil yo'llari qurilishi sohasida yuqori malakali mutahassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va shuning asosida O'zbekiston milliy avtomagistralini, umumrespublika va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo'llarini istiqbolda rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish talablari hamda vazifalarini hisobga olgan holda respublikaning loyiha, qurilish va eksplutaciya qilish tashkilotlarining yuqori malakali muhandis kadrlarga nisbatan ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 avgustdagi "Avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g`risidagi PQ-2580-son qarori va Oliy va o'rta mahsus ta'lim Vazirligining 2016 yil 29 avgustdagi 362-son buyrug`iga asosan Toshkent avtomobil-yo'llar instituti Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti sifatida qayta tashkil etildi.

      Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanib, oliy ta'limning asosiy va qo'shimcha ta'lim Dasturlarini bajarish bo'yicha ta'lim faoliyati bilan shug`ullanadi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o'quv-pedagogik va ilmiy-metodik, shuningdek boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda ta'lim hizmatlarini ko'rsatadi.

Oquv mashgulotlarida zamonaviy texnik oquv vositalari kompyuter sinflari, elektron doska, telekorsatuv, lingafon xonalaridan keng foydalanilmoqda, yangi pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda.

      Talabalarni amaliyotga tayyorlash ishlari oquv jarayonini real ishlab chiqarish bilan bogliq holda takomillashtirib borilmoqda. Koplab talabalar kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlarida, loyiha-konstruktorlik byurolarida faol ishtirok etmoqdalar.

Institutda iqtidorli yoshlarni qollab-quvvatlash va ularni ragbatlantirishga alohida etibor qaratilgan. Yuqori korsatkichlar bilan oqiyotgan talabalar Prezident va mashhur olimlarimiz Beruniy, Ulugbek nomlari bilan ataladigan stipendiya boyicha Respublika tanlovlarida qatnashib kelmoqdalar va sovrinli orinlarni egallamoqdalar.

      Institut qoshida akademik litsey, tayyorlov va tarmoq mutaxassislarining malakasini oshirish kurslari faoliyat korsatmoqda.

Institut tashkil topganidan buyon otgan davr mobaynida 40 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlagan. Ular Ozbekiston respublikasi xalq xojaligining turli ishlab chiqarish tarmoqlarida, ilmiy-tekshirish, loyiha institutlarida, kasb-hunar kollejlarida va oliy oquv yurtlarida mehnat qilmoqdalar. Bitirganlar orasida koplab davlat arboblari, soha yetakchilari va yirik ishlab chiqarish korxona rahbarlari, harbiy rahbarlar, olimlar, viloyat, shahar, tuman hokimlari bor.

 

Institut rivojiga ozining munosib hissasini qoshgan hurmatli rahbarlar:

 

  Mutalibov A.A. Institutning birinchi rektori (1972 1985y.). Ozbekistonda xizmat korsatgan fan
arbobi, professor. Institutni, fakultetlarni va kafedralarni tashkil qilishda, institutning yangi binosini loyihalab, uni shahar markazida qurishga jonbozlik korsatgan shaxs. Institutning tashqi aloqalarini kengaytirishga, rivojlanayotgan chet mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlashga ahamiyat bergan.
 
 

 

  Polatov S.P. Institutning ikkinchi rektori (1985 1994y.). Ozbekistonda xizmat korsatgan fan arbobi, professor. Oqish jarayonini takomillashtirish, mutaxassislar tayyorlashni xalq xojaligi talablariga qarab rejalashtirish, talabalarni yashash sharoitlarini yaxshilash, tarbiya ishlarini yanada chuqurlashtirish, oquv javrida topshiriladigan imtihonlarni test sistemasiga otkazish yolida jonbozlik korsatgan.

 
 
   Qodirov S.M. Institutning uchinchi rektori (1995 2005y.). Ozbekistonda xizmat korsatgan fan arbobi, professor. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talaba va pedagoglarni ijtimoiy himoyalash ustida, xorijiy davlatlarning turdosh oliy oquv yurtlari bilan aloqani mustahkamlash sohasida, institut faoliyatida iqtidorli talabalar bilan ishlashni takomillashtirish ustida mehnat qilgan.
 

 

 
 
 Muhitdinov A.A. - Institutning to'rtinchi rektori (2005-2008 y.).

 
 
 
 


 
  
 Ikramov Murat Akramovich - Institutning beshinchi rektori    (2008 yil-2013 yillar).
 
 

 
   
 
 
  Aripdjanov Madaminjon Maripovich - Institutning oltinchi rektori (2013 yildan 2016 yilgacha)
 

 

 

   
 
 
 Riskulov Alimjon Axmadjanovich Institutning yettinchi rektori (2016 yildan xozirgi kungacha)
 

 

  • : 12157
  • : 0