Счетчики
TAYI 2017/2018 –O‘QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI

 

O 'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY  VA  ORTA  MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

 

TOSHKENT AVTOMOBIL-YO‘LLAR  INSTITUTI

 

2013/2014 –O‘QUV YILI UCHUN QUYIDAGI OLIY TA’LIM YO‘NALISHLARI BO‘YICHA TALABALAR QABULINI E’LON QILADI

 
TAYI 2017/2019 –O‘QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI


Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari: Kasb ta’limi (Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi, avtomobil yo‘llari va aerodromlar bo‘yicha); Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha); Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha); Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari bo‘yicha); Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha); Avtomobil yo‘llari va aerodromlar; Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (transport inshootlari turlari bo‘yicha); Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlar bo‘yicha); Tashishni tashkil etish va transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha); Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (tarmoqlar bo‘yicha).

 
 

Hujjatlar 20 iyundan 20 iyulgacha qabul qilinadi

 

Institut qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar topshiriladi:

- rektor nomiga ariza;
- o‘rta yoki o‘rta-maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
- 086U –shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma;
- 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 ta rangli fotosurat;
- pasport nusxasi;
- pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi;
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolar harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasining aslini taqdim etadilar.

Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan 1 avgust kuni o‘tkaziladi. Talabalikka tanlov asosida qabul qilish abiturientlarning test sinovlarida to‘plagan ballariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.

 
  Manzilimiz: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur shox ko‘chasi 20 uy.
Telefon: (871) 232-15-24, 233-19 -25.
Institut sayti: www.tayi.uz.
elektron pochta: tadi_info@edu.uz.
Mo’ljal: San’at muzeyi
33,38, 46, 55, 58, 60, 78, yo‘nalishdagi avtobuslar bekati.

 
 

 

 

 

  • Просмлтрена: 7710


Сайт был создан "Отдел информационных технологии" в 2017 году.